Samarqandda bo’lib o’tayotgan CMS COP14 konferensiyasida BMTning Yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini saqlash toʻgʻrisidagi konvensiyasi ijrochi kotibi Emi Frenkel “Tabiat himoyachisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.
Nishonni yuqori martabali mehmonga O’zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov topshirdi.
Vazir Frenkel xonimga tabiatni asrash yo’lidagi fidoiy xizmatlari uchun minnatdorlik bildirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110506 | Инструменты