Huawei 1
COP16: chang va qum bo'ronlari bo'yicha Samarqand deklaratsiyasi muhokama qilindi

Ar-Riyodda boʻlib oʻtgan BMTning choʻllanishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiyasining 16-Tomonlar konferensiyasi (COP16) doirasida chang va qum boʻronlari boʻyicha Samarqand deklaratsiyasini muhokama qilish boʻyicha mintaqaviy uchrashuvlar davom etmoqda. Ushbu hujjat 2023-yilda Samarqandda boʻlib oʻtgan Konvensiyaning bajarilishini koʻrib chiqish qoʻmitasining (CRIC21) 21-sessiyasida ishlab chiqilgan.

Samarqand deklaratsiyasida mamlakatlarning chang va qum bo‘ronlari manbalariga qarshi birgalikda kurashish istagi o‘z ifodasini topgan. Hujjatda samarali monitoring va erta ogohlantirish tizimlarini yaratish, ushbu hodisalarning oldini olish va oqibatlarini kamaytirishga qaratilgan tadqiqotlar va texnologiyalarni rivojlantirish muhimligi ta’kidlangan. Shuningdek, chang va qum bo'ronlari muammolarini mamlakatlarning milliy strategiyalari va siyosatiga integratsiya qilish zarurligi ham qayd etilgan.

COP16 doirasida Osiyo va Okeaniya, Lotin Amerikasi, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari mintaqaviy guruhlari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Qator davlatlar, jumladan, Argentina, Ozarbayjon, Armaniston, Bosniya va Gersegovina, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Meksika, Rossiya va boshqa mamlakatlar O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

O‘zbekiston tomonidan taqdim etilgan tashabbuslar konferensiya ishtirokchilarining e'tiborini jalb qilmoqda, bu esa ekologik muammolarni hal etishda global miqyosda birgalikda harakat qilish muhimligini bildiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20508 | Инструменты