Huawei 1
Daraxt kesish uchun ariza berayotganlarni jamoatchilik kuzatib turadi

O‘zbekiston prezidentining qarori bilan, 2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasi tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, 2025 yil 1 dekabrdan boshlab Ekologiya vazirligi atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimi jamoatchilik uchun ochiq bo‘lishini taʼminlaydi va quyidagi maʼlumotlarni joylashtirib boradi:

  • har yili “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekiladigan daraxt va ko‘chatlar haqida (manzili, parvarishlash uchun masʼul shaxslar, ko‘chat turi va boshqalar);

  • davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarni kesish uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olish maqsadida taqdim etilgan arizalar haqida (murojaatchilar, daraxtlar soni, turi va manzili) va daraxtni kesish bo‘yicha o‘tkaziladigan jamoatchilik eshituvi haqida (sanasi, vaqti, manzili va natijalari);

  • suv havzalarida noruda materiallarni qazib olish bo‘yicha joriy qilingan moratoriy tartibini buzgan shaxslar haqida;

  • mo‘ljallanayotgan va (yoki) rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyatining hamda boshqa faoliyatning atrof-muhitga ehtimol tutilgan taʼsiri masalalarini aholi 

  • va jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilish maqsadida tashkil etilgan jamoatchilik eshituvlari natijalari haqida;

  • strategik ekologik baholash obyektlari, jumladan, shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari, davlat dasturlarining, konsepsiyalarining, ishlab chiqarish kuchlarini, iqtisodiy 

  • va ijtimoiy soha tarmoqlarini joylashtirish hamda rivojlantirish sxemalarining loyihalari yuzasidan jamoatchilik eshituvi natijalari haqida;

  • ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida o‘tkazilgan reydlar, tekshiruvlar, monitoringlar natijasida aniqlangan qonun buzilishi holatlari va ularni bartaraf etish yuzasidan ko‘rilgan choralar haqida;

  • hududlarga qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish uchun biriktirilgan sanitar-tozalash korxonalari (korxona nomi, rahbari va uning o‘rinbosari familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning telefon raqamlari, dispetcherlik xizmati va murojaatlarni qabul qilish xizmati maʼlumotlari, qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish reja-grafiklari) haqida;

  • chiqindilarni qabul qilish, saralash, qayta ishlash va yoqish orqali muqobil energiya ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar haqida (korxona nomi, faoliyat turi, telefon raqamlari, ikkilamchi xomashyo, saralangan chiqindilarni qabul qilish maskanlari manzillari).

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52311 | Инструменты