Kaliforniyaning San-Diyego shahrida Cessna 550 yengil motorli samolyoti turar-joy dahasiga qulab tushib, keng ko‘lamli yong‘inni yuzaga keltirdi.
Hodisa joyidan eʼlon qilingan kadrlarda yonib ketgan avtomobillar va vayron bo‘lgan uylarni ko‘rish mumkin. Maʼlum qilinishicha, jami 15 taga yaqin binoda yong‘in yuz bergan.
Aviahalokat qalin tuman sabab yuzaga kelgan. Hodisa joyiga aviatsiya yoqilg‘isi to‘kilgan.
Cessna 550 samolyoti Nyu-York yaqinidagi Teterboro aeroportida havoga ko‘tarilib, Kanzasda to‘xtashni amalga oshirgan va San-Diyeogda halokatga uchragan.
ABC News telekanali maʼlumotlariga ko‘ra, samolyot bortida bo‘lgan barcha halok bo‘lgan. Hodisa oqibatida yerda bo‘lgan odamlardan hech kimga jarohat yetmagan. Aynan necha kishi halok bo‘lgani to‘g‘risida maʼlumotlar oshkor etilmagan.
BBC‘ning yozishicha, samolyotda uchuvchi bilan birga 8-10 kishi bo‘lgan. Havo kemasi qulagan joydan 100 ga yaqin odam evakuatsiya qilingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52319 | Инструменты