Ijtimoiy tarmoqlarda hukumat tizimlariga qarashli veb-sahifalardan 15 million nafar O‘zbekiston fuqarosining shaxsiy maʼlumotlari o‘g‘irlangani va «Dark Web»ga joylashtirilgani haqida xabarlar tarqaldi.
Mazkur fayllarda fuqarolarning pasport maʼlumotlari, telefon va elektron pochtalari, suratlar hamda ish o‘rinlari keltiriladi.
Kiberxavfsizlik markazining mazkur holat yuzasidan bergan dastlabki tushuntirishiga ko‘ra, hozirda mazkur holat bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda va holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumotlar taqdim etiladi.
Markaz, o‘z navbatida, fuqarolardan shaxsiy maʼlumotlarini boshqa shaxslarga oshkor etmaslikni, davlat va boshqa elektron axborot tizimlariga kirishda murakkab login va parollardan foydalanishni so‘ramoqda. Shuningdek, shubhali havolalar orqali o‘z maʼlumotlarini kiritishdan saqlanishlarini tavsiya qilingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20313 | Инструменты