“Istiqbolli kadrlarni maqsadli tayyorlash hamda ularni davlat boshqaruvi va xizmatiga samarali jalb etish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF-78-son, 05.05.2025 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 oktyabrdan Akademiyada davlat xizmatidagi rahbarlar, rahbarlikka nomzodlar va boshqaruv kadrlari malakasini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli kurslar joriy etiladi.
2026 yil 1 yanvardan Akademiyada muddati 6 oygacha bo‘lgan qayta tayyorlash taʼlim dasturlari joriy etiladi.
2025/2026 o‘quv yilidan “Hududlarni kompleks rivojlantirish”, “Davlat boshqaruvi”, “Inson resurslarini rivojlantirish” magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi.
2026/2027 o‘quv yilidan:
- “Davlat siyosati” (Public Policy) va “Davlat moliyasini boshqarish” (Public Finance Management) magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi;
- yuqori malakali va zamonaviy bilimlarga ega boshqaruv kadrlari zaxirasini shakllantirib borish maqsadida amaliyotchi boshqaruvchilar uchun maxsus dasturlar (Executive MPA va Executive MBA) joriy etiladi;
- magistratura dasturlari xorijdagi nufuzli oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikda qo‘shma taʼlim dasturlari va modullar bo‘yicha tashkil etiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51315 | Инструменты