Huawei 1
Davlat organlarining qonunchilik hujjatlari loyihalarini baholashdan o‘tkazish faoliyati samaradorligini tahlil qilish reytingi joriy etiladi

“Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-111-son, 16.08.2024 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda, shu jumladan, baholashda, maʼlumot yig‘ish jarayonlariga ilmiy tashkilotlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlari keng jalb qilinadi.

2024-yil 1-oktyabrdan:

  • davlat organlari tomonidan qonun loyihalari bo‘yicha ushbu sohadagi davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari xulosalari majburiy ravishda olinadi;
  • davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari xulosalari va muhokama natijalari bo‘yicha materiallar loyihani Adliya vazirligi hamda hujjatni qabul qiluvchi organlarga kiritishda majburiy tartibda ilova qilinadi.

Davlat organlarining qonunchilik hujjatlari loyihalarini baholashdan o‘tkazish faoliyati samaradorligini tahlil qilish, baholash, xodimlarni rag‘batlantirish va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari loyihalarini tartibga solish taʼsirini baholash reytingi joriy etiladi.

Bunda:

  • Adliya vazirligi tomonidan har yili yil yakunlari bo‘yicha Reyting aniqlanadi va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi;
  • Reytingda dastlabki uch o‘rinni egallagan davlat organlarining baholashga masʼul xodimlari bir martalik moddiy rag‘batlantiriladi;
  • Reytingi past davlat organlarining faoliyatini yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanadi.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60915 | Инструменты