Huawei 1
Davlat xizmatlari koʻrsatiladigan elektron bazalar faoliyati cheklanadi

Adliya vazirligining maʼlum qilishicha, 21-mart soat 21:00 dan 23-mart soat 09:00 ga qadar Davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimi, «Notarius» avtomatlashtirilgan axborot tizimi, Litsenziya va Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tizimlari orqali xizmat koʻrsatish imkoniyatlari vaqtincha cheklanadi.

Sababi, 21–24-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali joylashgan server qurilmalarini "Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi" davlat muassasasining Maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga koʻchirish hamda Soliq qoʻmitasi veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish va serverlar imkoniyatlarini kengaytirish ishlari olib boriladi.    

Savollar boʻlsa, qoʻshimcha maʼlumot zarur boʻlsa, «1008» va «1148» raqamiga murojaat qilish mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122510 | Инструменты