Prezident qaroriga muvofiq O‘zbekiston Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilari, harbiy xizmatdan iste’foga chiqarilgan fuqarolar va ularning oila a’zolarini uy-joy bilan ta’minlash tartibi takomillashtiriladi.
Xususan, harbiy xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida orttirilgan kasallik yoki olingan jarohati tufayli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqsiz deb topilib, pensiyaga chiqarilgan xizmatchilarini, shuningdek, vafot etgan harbiy xizmatchilarning (ularning xizmat muddatidan qat’i nazar) oila a’zolari uy-joy bilan ta’minlanadi.
Shuningdek, harbiylar boshqa vazirlik va idoralar tizimiga xizmatni o‘tash uchun o‘tkazilganda, ularga berilgan xonadonlar ham tegishli vazirlik va idoralar tasarrufiga o‘tkaziladi.
Qayd etilishicha, ajratiladigan uy-joy maydonining ijtimoiy normasini aniqlashda ularning oila a’zolari bilan bir qatorda qaramog‘iga olingan shaxslar toifasiga aniqlik kiritiladi.
Shu bilan birga, umumiy xizmat muddati 20 yil bo‘lib, pensiyaga chiqqan harbiy davlat hisobidan turarjoy bilan ta’minlanadi. Undan tashqari, ularning oliy ta’lim muassasalarida o‘qish davri hamda davlat organlari va tashkilotlaridagi mehnat faoliyati yillari haqiqiy harbiy xizmat yillari davriga qo‘shib hisoblanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121509 | Инструменты