Huawei 1
Andijonda 40 sotix yerni o‘zganing nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 50 ming dollar olgan shaxs ushlandi

Andijon viloyatining Ulug‘nor hamda Navoiy viloyatining Nurota tumanida yer maydonlari olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Ulug‘nor tumanida “S.Yo.” MCHJ rahbari X.M. fuqaro M.A.ning ishonchiga kirib, MCHJga Ulug‘nor tumani “Kichik sanoat zonasi” hududidan ajratilgan 40 sotix yer maydonini tanishlari yordamida 100 ming dollar evaziga uning nomiga rasmiylashtirib olib berishini aytgan.

Oldindan 50 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, Nurotada tumangaz bo‘limi sobiq rahbari Sh.I. fuqaro S.N.ning ishonchiga kirib, unga gaz taʼminoti bo‘limi hududidagi 3 sotix yer maydonini olib berishni vaʼda qilgan.

Buning evaziga 1 000 dollar va 79 mln so‘m pulini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты