Huawei 1
Davron Nazarmuhamedov Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

Prezident qarori bilan general-mayor Davron Nazarmuhamedov Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari — Ma’naviy–ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati rasman xabar berdi

Davron Abitovich Nazarmuhamedov 1975-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996–1998 va 1999–2002-yillarda Shayxontohur tumani IIB xodimi bo‘lgan, 1998-1999-yillarda Sobir Rahimov (hozirgi Olmazor) tumani IIBda ishlagan, 2002–2006-yillarda Toshkent shahar IIBB xodimi sifatida faoliyat ko‘rsatgan, keyinroq O‘zbekiston IIV Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan.

2014-yilga qadar Milliy xavfsizlik xizmati (hozirgi DXX) ijro apparatida ishlagan.

2014–2015-yillarda Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – O‘zbekiston IIV Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.

2014–2015-yillarda prezidentning Tashkiliy-kadrlar ishlari bo‘yicha davlat maslahatchisi lavozimida ishlagan.

2017–2019-yillarda ham ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, 2019-yil iyulida Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21518 | Инструменты