Huawei 1
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita fuqarolarni noqonuniy “turfirma”  yoki “turagent”lardan ogoh bo‘lishga chaqirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning Umra ziyoratiga borib mehmonxonasiz qolib ketgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Din ishlari bo'yicha qo'mita rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha Umra vizasisiz borgan va qaytish aviabiletlari soxtalashtirilganidan bir necha kunlab aeroportlarda qolishga majbur bo‘lgan, tibbiy xizmatning yo‘qligidan aziyat chekkan va hattoki ovqatlanish uchun ham yetarli darajada sharoit yaratib bermagan turfirmalardan norozi bo‘lgani aks etgan videolar tarqalmoqda.

So‘nggi uch oy davomida umra tadbirlarini noqonuniy amalga oshirish bilan bog‘liq 31 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Litsenziyasiz faoliyatini amalga oshirgan 18 ta, Reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan 15 ta turistik tashkilotga jarimalar qo‘llanildi.

"Aziz yurtdoshlar! Sizlarni noqonuniy “turfirma”  yoki “turagent”lardan ogoh bo‘lishga chaqiramiz!", deyiladi qo'mita xabarida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 33023 | Инструменты