Huawei 1
Diniy tashkilotlar va davlat organlari o'zaro bir-birining faoliyatiga aralashmaydi

“O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qonun (O‘RQ-1037-son, 25.02.2025 y.) qabul qilindi.

Konsepsiyaga ko'ra, dinning davlatdan ajratilganligi prinsipi diniy tashkilotlar va davlat organlari o'zaro bir-birining faoliyatiga aralashmasligi, davlat diniy tashkilotlar zimmasiga davlatning biror-bir vazifalarini yuklamasligi, diniy tashkilotlarning davlat funksiyalarini amalga oshirishiga yo'l qo'ymasligiga oid qoidalarni nazarda tutadi.

Ushbu prinsip diniy qarashlardan qat'i nazar, konstitusiyaviy huquqiy tizim (huquq normalari va ularni qo'llash), demokratiya, dunyoviylik, erkinlik, tenglik, insonparvarlik, ijtimoiy adolat va birdamlik, inson huquqlari g'oyalariga tayanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22819 | Инструменты