Dizel yonilg‘isi narxi 15 foizga arzonlashadi. Bu haqdagi topshiriq kecha Prezident raisligida bo‘lib o‘tgan qishloq xo‘jaligida yangi zaxiralarni ishga solish hamda 2024-yilgi ustuvor vazifalar mavzusidagi videoselektor yig‘ilishida “O‘zbekneftgaz” AJ zimmasiga yuklatildi.
"Davlatimiz rahbari boshchiligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda qishloq xo‘jaligi oldida turgan dolzarb vazifalar belgilab berildi. Asosiy ishlardan biri tannarxni kamaytirish. Bu boradagi asosiy xarajatlardan biri dizel yonilg‘isi bilan bog‘liq. “O‘zbekneftgaz” oldiga 2024 yilda 680 ming tonna dizel yonilg‘isini sifatli va arzonlashtirilgan narxlarda fermer xo‘jaliklariga yetkazib berish vazifasi qo‘yildi. Ushbu vazifani bajarish taʼminlanadi. Biz 2024 yilda 2023 yilga nisbatan qo‘shimcha 200 ming tonna dizel yonilg‘isini ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz.
Biz dizel yonilg‘isining birjaga qo‘yiladigan narxlarini 15 foizga kamaytirish bo‘yicha hamma choralarni ko‘ryapmiz. Ushbu mahsulotning sifati va o‘z vaqtida yetkazib berilishini taʼminlash uchun yangicha tartib o‘rnatamiz. Bu tartib orqali hududlar kesimida “O‘zbekneftgaz”ning markaziy apparati va neftbazalari, bundan tashqari fermerlarga xizmat ko‘rsatuvchi yonilg‘i quyish shoxobchalaridagi masʼullarning alohida masʼuliyatini belgilab beramiz", - dedi Bahodir Siddiqov.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122706 | Инструменты