“Domodedovo” aeroportida bojxonachilar tomonidan tarkibida giyohvandlik moddasi bo‘lgan 44 kg isiriq o‘simligining noqonuniy olib kirilishi to‘xtatildi, deb xabar berdi mamlakat bojxona matbuot xizmati.
Ma'lum qilinishicha, samarqandlik uch nafar yo‘lovchining bagajidan isiriq topildi. O‘zbekiston fuqarolari “yashil” yo‘lak orqali o‘tishga uringan, biroq ularni bojxonachilar to‘xtatib qolishgan. Ekspertiza natijalariga ko'ra, o'simlikda Rossiya Federatsiyasida muomalasi cheklangan harmin preparati mavjud.
Uni mamlakat hududiga olib kirmoqchi bo'lgan O'zbekiston fuqorolariga Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 229.1 "Giyohvand moddalarni YeOII bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib o'tish" bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi. Ushbu shaxslar 3 yildan 7 yilgacha qamoq va 1 million rublgacha jarimaga tortilishi mumkin.
Ta'kidlanishicha, tekshiruv tadbirlari davom etmoqda.
Avvalroq, Novorossiysk bojxonasida O‘zbekistondan olib kelingan ichida isiriq bo'lgan konteyner to'xtatib qolingani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 73019 | Инструменты