Huawei 1
Novorossiysk bojxonasida O‘zbekistondan olib kelingan ichida isiriq bo'lgan konteyner to'xtatib qolindi

Novorossiysk bojxona boshqarmasi xodimlari tarkibida narkotik moddasi bo‘lgan 1 tonnadan ortiq quritilgan isiriqni chegaradan olib o‘tayotganlarni to'xtatib qoldi.

O'simlik bojxonachilar tomonidan O‘zbekistondan temir yo‘l orqali yetib kelgan konteynerda topilgan. Ushbu konteyner ichida quritilgan mevalar, na'matak, idish-tovoqlar, zig'ir yog'i va dastalab qo'yilgan quritilgan o'tlar bo'lgan. Bundan tashqari, mahsulot keyinchalik suv orqali yuk kemasi bilan Yaqin Sharq davlatlaridan biriga jo'natilishi kerak bo'lgan.

Bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda xodimlar keyingi tadqiqotlar uchun quritilgan isiriqdan namunalar olgan. Ekspertiza shuni ko'rsatdiki, ko'p yillik o'simlik o'z tarkibida Rossiya Federatsiyasida nazorat qilinishi kerak bo'lgan va mamlakat Hukumatining 1998-yil 30-iyundagi qarori bilan tasdiqlangan psixotrop moddalar va ularning prekursorlari ro'yxatiga kiritilgan giyohvandlik vositasi - garminni o'z ichiga oladi. 

Isiriqlarning umumiy og'irligi 1184,44 kg ni tashkil etdi.

Mazkur holat yuzasidan Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 229.1-moddasi (giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning prekursorlari kontrabandasi) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122400 | Инструменты