Huawei 1
DXAda yangi loyiha – tug'ilganlik to'g'risidagi ma'lumotnoma “bir darcha” tamoyili asosida beriladi

Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmatining bergan ma'lumotlariga ko'ra, endilikda farzand tug'ilganligi to'g'risidagi hujjatni olish uchun ota - onalar tug'ruqxonada, FHDYO organlarida va gerb yig'imini to'lash uchun bankda navbat kutishlariga hojat qolmadi. Toshkentda yangi, pilot loyiha ishga tushirilmoqda. Unga ko'ra, bola tug'ilganligi dalili yuzasidan ma'lumotnoma Davlat xizmatlari agentligida «yagona darcha» prinsipi asosida taqdim etiladi. 2019-yildan boshlab ushbu amaliyotni butun respublika bo'ylab joriy etish rejalashtirilmoqda.

Ushbu yangi loyixa tug'ilish to'g'risidagi guvohnomani “bir darcha” tamoyili asosida olish imkonini beradi. Hozirda mazkur xizmat avtomatlashtirish jarayonida bo'lib, poytaxtimizdagi Davlat xizmatlari markazlarida sinovdan o'tkazilmoqda. Xizmat ko'rsatish jarayonini modernizatsiya qilishda, birinchi navbatda byurokratik to'siqlarning bartaraf etilishi va tezkorlikka alohida e'tibor qaratilmoqda.

Toshkent shahrida sinov tariqasida amalga oshirilayotgan loyiha, Davlat xizmatlari markazlari va Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lumotlar bazalarining integratsiyasini nazarda tutmoqda. Bola tug'ilgandan so'ng, tug'ruqxona yozuvlari maxsus tizimga kiritilib, ulardan markazlar xodimlari onlayn rejimda foydalana olishlari mumkin bo'ladi. Tug'ilganlik to'g'risidagi guvohnomani olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishning o'zi kifoya.

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab, "Click", "PayMe" va boshqa tizimlar orqali onlayn-to'lovni amalga oshirish imkoni ham taqdim etilishi rejalashtirilmoqda. Bu tizim korrupsiya holatlarining oldini olish va bartaraf etishga xizmat qiladi.

Bundan taqshari, guvohnomalarni yozma ravishda to'ldirishga ham chek qo'yilishi kutilmoqda. Bu orqali FHDYO organlari tomonidan bolaning tug'ilganligi to'g'risidagi guvohnomani to'ldirganda xatolikka yo'l qo'yish kabi holatlar bartaraf etiladi. Bu hali hammasi emas.

Shuningdek, keyingi yildan boshlab fertil ya'ni, bola tug'ishi mumkin bo'lgan yoshdagi ayollarni hisobga olish va homiladorlikning erta bosqichidan chaqaloq tug'ilguniga qadar nazoratni olib borishning avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqish hamda uni «FHDYO yagona elektron arxivi» axborot tizimi bilan integratsiya qilish rejalashtirilgan. Mazkur tizim tug'ilgan bolalarni qayd etilmasdan qolish holatlarining oldini olish, shuningdek bog'chalarda kelgusida yaratish zarur bo'lgan joylarni oldindan rejalashtirishga yordam beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 12306 | Инструменты