“O‘zenergoinspeksiya” Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan energetika obyektlarida ta’mirlash ishlarini olib borilayotgan brigadalarning inson hayoti uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan holatlar o‘rganildi.
Xususan, Izbosgan tumanidagi 68-sonli transformator punktida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan brigada xodimlar ikkilamchi kamutatsion qurilmalarida kuchlanish bor yoki yo’qligini tekshirmasdan (o’lchov qurilmasi mavjud emasligi sababli) ishni boshlaganligi ma’lum bo’ldi. Bu bilan Elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda texnika xavfsizligi qoidalari talablariga zid ravishda ishlar tashkillashtirilganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan brigadalar ishdan chetlashtirildi hamda xavfsizlik chora-tadbirlari to‘liq bajarilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berilib, uning bajarilishi nazoratga olindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11900 | Инструменты