Huawei 1
Endi hamma faqat o‘z hududida taksichilik qiladi

Tarmoqlarda «Endi hamma o‘zining viloyatida taksichilik qiladi. Toshkentda faqat «01» raqamli avtomobillargagina litsenziya berishadi», deb aytilgani aks etgan videolar tarqaldi.

Muallifga ko‘ra, ko‘pchilik hozir “Lisenziya olamiz, Toshkentda ishlaymiz”, desa, rad javobini olmoqda. 

“Haydovchi litsenziya oladigan bo‘lsa, o‘zining hududida ishlaydigan qilib qo‘yishibdi. Misol uchun 01 — Toshkent nomeri. Ular Toshkentda ishlaydi. Andijonliklar Andijonda, qoraqalpog‘istonliklar Qoraqalpog‘istonda, qashqadaryoliklar Qashqadaryoda”,– deydi u.

Holat yuzasidan Transport vazirligi xabarlar rost ekanini tasdiqlagan.

Vazirlik axborot xizmati rahbari Navro‘z Ashurmatov ayni kunda jarayon amalga oshirilayotganini aytgan.

“Bu tartib kecha yoki bugun paydo bo‘lib qolmagan. 2011 yilda aynan mana shu yo‘nalishli taksilar faoliyatini tartibga soluvchi 139-sonli qaror chiqarilgan. O‘sha qaror bilan tasdiqlangan nizomda yo‘nalishli taksilar uchun yagona tanish belgilari va ularning faoliyat yuritishi uchun qo‘yilgan talablar bor. O‘sha nizomning 5-bob 9-bandida haydovchi yo‘lovchilarni yo‘nalishsiz taksida tashishni litsenziya kartochkasida belgilangan hududda amalga oshiriladi deb yozilgan. Bu qaror hozir o‘zining kuchini yo‘qotgan. Mazkur qaror o‘rnini bosuvchi 2025 yilda chiqqan qarorga ko‘ra, haydovchining o‘z hududida, ya’ni litsenziya kartochkasida ko‘rsatilgan hududda faoliyat olib borishi belgilab qo‘yildi”, – degan u.

Shuningdek, Ashurmatovning tushuntirishicha, bunda haydovchi faoliyatini faqat o‘sha litsenziya varaqasida ko‘rsatilgan hudud va unga tutash hududda olib boradi. 

“Masalan, Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan 01 kod bilan boshlanuvchi davlat raqamli transport vositasi Toshkent shahri, Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyati hududida taksichilik faoliyati bilan shug‘ullanishi mumkin. Xuddi shuningdek, viloyatlarniki ham xuddi shunaqa bo‘ladi”,– degan vazirlik axborot xizmati rahbari.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61313 | Инструменты