Huawei 1
Endi haydovchilarni tayyorlash bo‘yicha litsenziya uchun 3 mln so‘m davlat boji undiriladi

Joriy yil 6-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev “Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonunga oʻzgartish va qoʻshimcha kiritilishi bo'yicha qonunni imzoladi

Unga ko'ra, haydovchilar tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻyicha litsenziya uchun BHMning 10 baravari ya'ni 3 mln soʻm miqdorida davlat boji undiriladi.

Shuningdek, haydovchilarni tayyorlash uchun litsenziyani Ichki ishlar vazirligi berishini inobatga olgan holda boshqa nodavlat taʼlim faoliyatini litsenziyalash ustunida haydovchilarni tayyorlash istisno ekanligi belgilab oʻtildi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq qoidabuzarligi 12 balldan oshgan haydovchilar "prava"sidan qancha muddatga mahrum qilinishi ma'lum qilingan

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60507 | Инструменты