Endi maktab bitiruvchilari fan olimpiadasida ishtirok etib, Damas yutib olishi mumkin. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ma’lum qildi.
"Ta’lim uchun qilinayotgan har bir loyiha e’tiborga loyiq va oxirgi vaqtlar OTMlar ham bu masalada juda faol. Xususan, aprel oyida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan “Bo‘lajak yosh muhandislar” fan olimpiadasi o‘tkaziladi.
E’tiborlisi, ushbu olimpiadada faqat maktab bitiruvchilari ishtirok etishi va o‘quvchilarimiz fizika, matematika hamda kimyo fanlaridan bilimini sinab ko‘rishi mumkin ekan. Bu esa bitiruvchilarimiz uchun yaxshi imkoniyat.
1-o‘rin — Damas avtomobili (3 dona)
2-o‘rin — 20 mln so‘m (3 nafar o‘quvchiga)
3-o‘rin — 10 mln so‘m (3 nafar o‘quvchiga) bilan taqdirlanadi.Aytish mumkinki, bu kabi loyihalar ham o‘quvchilarimizning o‘z ustida yanada ishlashi va bilimga qiziqishini oshiradi", deya yozgan vazir o'z rasmiy sahifasida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 40219 | Инструменты