Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Koson va Ko‘kdala tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda ushbu tumanlarda faoliyat yurituvchi “X.I.” fermer xo‘jaligi hamda “Z.” MCHJ mas’ul shaxslari tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 276,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Piskent tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro O.S. "Turopobod" MFY hududidagi xonadonida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 143,9 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foylanganligi aniqlangan.
Departamentining Uchko‘prik tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «P.L.» MCHJ rahbari N.A. ishlab chiqarish syexida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, 129,2 mln so‘mlik tabiiy resurslardan noqonuniy foylanganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 12119 | Инструменты