Huawei 1
Energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etilmoqda

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Samarqand shahri, Narpay va Jomboy tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Sh.u.” MCHJ rahbari A.S. MCHJga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida elektr uskunalarini, “N.Q.” va “A.J.” fermer xo‘jaligi masʼul shaxslari elektr taʼminoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan suv nasoslarini umumiy foydalanishdagi tarmoqlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, jami 186,8 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11800 | Инструменты