Huawei 1
Ertalab to'g'ri ovqatlanish vazn yo‘qotishga yordam beradi

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, to‘g‘ri tanlangan birinchi ovqat kun davomida ishtahani nazorat qilish, energiyani saqlab qolish va hattoki metabolizmni faollashtirishga yordam beradi.

Rossiyalik ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis Yuliya Chexonina nonushtaning sog‘lom tartibi haqida ilmiy asoslangan maslahatlar bilan o‘rtoqlashdi. Unga ko‘ra:

Ertalabki qahva – foydali odat. Kofein qon aylanishini faollashtirib, hazm qilish tizimini uyg‘otadi.

Uyqudan keyingi dastlabki 30 daqiqa ichida nonushta qilish tavsiya etiladi. Bunga tayyor bo'lish uchun esa ertalab bir stakan suv ichish lozim – bu oshqozonni ishga tayyorlaydi.

Nonushtada oqsilga boy mahsulotlar – tuxum, tvorog, tabiiy yogurt bo‘lishi kerak. Ular uzoq to‘yimlilik beradi va qon shakarining keskin o‘zgarishini oldini oladi.

Shakarli taomlar o‘rniga – bo‘tqani yangi mevalar yoki quritilgan rezavorlar bilan birgalikda iste'mol qilish tavsiya qilinadi. Bu taomga nafaqat lazzat, balki tola, vitamin va minerallar ham qo‘shadi.

To‘g‘ri tuzilgan nonushta – bu nafaqat metabolizmni faollashtirish, balki kun davomida sog‘lom ovqatlanishga asos bo‘ladigan muhim qadamlardan biridir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61920 | Инструменты