Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘lda turgan odam pichoqlanganligi haqida xabarlar tarqaldi.
Holat yuzasidan viloyat IIB munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 21-may kuni, 2006-yilda tug'ilgan Marg‘ilon shaharda yashovchi fuqaro S.T. shaharning B.Marg‘iloniy ko‘chasida Yangi bog‘i MFY da yashovchi 2000-yilda tug'ilgan fuqaro A.A.ni o‘tkir tig‘li jism bilan o‘ng orqa va yuz sohasiga urib, hayot uchun xavfli bo‘lgan tan jarohati yetkazgan. Fuqaro A.A. hodisa joyidan qochib ketishi natijasida, S.T. jinoiy harakatlarini oxiriga yetkaza olmasdan, hodisa joyidan nomaʼlum tomonga yashiringan.
Shifokorlar tomonidan o‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy muolajalar natijasida A.A.ning hayoti saqlanib qolingan.
Hozirda shahar prokuraturasi tomonidan holat yuzasidan JKning 25,97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi S.T. JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122400 | Инструменты