Huawei 1
Farg‘onada bir kishiga 4 tadan ortiq saylov byulletenlarini bergan o‘qituvchi jazoga tortildi

2024-yil 29-oktyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Dang‘ara tuman sudida 38 yoshli ayol o‘qituvchi saylov qonunchiligini buzgani sabab jazoga tortildi. Bu haqda Oliy sud portalida maʼlumot keltirilgan.

Aniqlanishiga ko‘ra, huquqbuzar ayol 2024 yil 26 avgustdagi qarorga muvofiq, 541-saylov uchastkasida saylov komissiyasi aʼzosi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. 2024 yil 27 oktyabrda o‘tkazilayotgan saylovda, M. Abdullayeva boshqa shaxslar nomidan fuqaro M. Murodovga 4 tadan ortiq saylov byulletenlarini berib, saylov qonunchiligini buzgan.

M.A. sudda o‘z harakatlari bilan tan olib, pushaymon bo‘lgani haqida ko‘rsatma berdi. Sud, M.A. tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlikni MJtKning 51-10-moddasi bilan malakalash to‘g‘risida xulosa qilgan va uni maʼmuriy jazoga tortish zarurligini belgilagan.

Sud qarori bilan M A. BHMning bir baravari 375 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilgan. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103013 | Инструменты