Huawei 1
Farg‘onada chiqindi xizmati uchun to‘lovlar oshirildi

Farg‘ona viloyati hududida maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun majburiy to‘lov tariflari tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 20 martida “Viloyat hududlarida maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun majburiy to‘lov tariflarini qayta ko‘rib chiqish va tasdiqlash haqida”gi Xalq deputatlari viloyat Kengashining qarori qabul qilingan.

Qaror bilan hududlarda maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmat ko‘rsatish uchun taklif etilayotgan majburiy to‘lov narxlari (tariflari) quyidagicha belgilangan:

Qattiq maishiy chiqindilar uchun:

  • Aholiga (bir kishi uchun) bir oylik to‘lov summasi QQSsiz shaharlar hududida 6696 so‘m, tumanlar hududida 5804 so‘m;
  • Aholiga (bir kishi uchun) bir oylik to‘lov summasi QQS bilan shaharlar hududida 7500 so‘m, tumanlar hududida 6500 so‘m;
  • Yuridik tashkilotlarga 1 m³ uchun QQSsiz shahar-tumanlar hududida 100 580 so‘m;
  • Yuridik tashkilotlarga 1 m³ uchun QQS bilan shahar-tumanlar hududida 112 650 so‘m.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 33107 | Инструменты