Farg’onada fuqaro yashash xonadonida noqonuniy ohak sexi tashkil qilgani aniqlandi

Farg‘ona viloyat prokuraturasi, IJQK Departamenti viloyat boshqarmasi tomonidan yoqilg‘i - energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq holatlarni fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Xususan, fuqaro A.U. tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani Qoratepa Dasht qishlog‘i hududidagi yashash xonadonida tijorat maqsadlarida noqonuniy  ohak  sexi tashkil qilib, tabiiy gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 69,4 mln. so‘mlik 46,2 ming metr. kub gazni yashirin ravishda o‘g‘irlagani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan 14.04.2024-yilda Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "d" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.U. protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72713 | Инструменты