Huawei 1
Farg‘onada kelin sepini MIB orqali undirib oldi

Kuyov va kelin 2023-yilning avgust oyida turmush qurgan. Ammo o‘rtada kelishmovchilik kelib chiqib, hozirda birga yashamasligi sababli da’vogar  kuyovdan seplarini qaytarishni talab qilgan. Ammo kuyov buni rad etgan.

Yosh kelin-kuyov o‘rtasidagi bu tortishuv sudgacha borgan: ish 2023-yilning 19-oktabr kuni FIB Farg‘ona tumanlararo sudida ko‘rib chiqilgan. Sud qarori bilan kelinning sepini qaytarish belgilangan hamda ijro hujjati ijro etish uchun MIB Farg‘ona shahar bo‘limiga yuborilgan.

Ijro hujjatiga asosan undiruvchi foydasiga qarzdor kuyovdan jami 34 turdagi 10 mln 920 ming so‘mlik mulklar, jumladan mebel, turli oshxona jihozlari va idishlar qaytarib olib berilishi ko‘rsatilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida 20 noyabr kuni kuyovdan 11 mln so‘mga yaqin kelin sepi to‘liq olib berilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42002 | Инструменты