Huawei 1
Farg‘onada Lacetti bilan to'qnashgan “VAZ-2101” avtomobili haydovchisi vafot etdi

Farg‘ona viloyati, Quva tumani “Soyguzar” MFY hududidan o‘tgan 4R-112 Farg‘ona halqasi avtomobil yo‘lining 200-kilometrida 8-iyul kuni 10:30 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 1999-yilda tug‘ilgan R.O. boshqaruvidagi Lacetti avtomobilida ketayotib, boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketgan. Natijada 1988-yilda tug‘ilgan haydovchi A.X. boshqaruvidagi “VAZ-2101” avtomobili bilan to‘qnashgan.

Oqibatda “VAZ-2101” avtomobil haydovchisi A.X. og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan. 

Shuningdek, “VAZ-2101” avtomobil yo‘lovchisi 1989-yilda tug‘ilgan A.D. va Lacetti avtomobil haydovchisi R.O. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50808 | Инструменты