Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumanida qotillik sodir bo‘ldi. Ma'lum bo'lishicha, qo‘shnilarning arzimas sabab bilan boshlangani aka-ukalardan birining jarohat olishi, boshqasining o‘limi bilan yakunlandi.
Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, voqelik 2-aprel kuni kechga yaqin sodir bo‘lgan. Tumanning Gulobod tumanida yashovchi kishi "Nexia-2" avtomashinasida harakatlanib kelayotganda, qo‘shnisining xotiniga signal chalib, chetroqda yurishni aytadi.
Janjal shu tariqa boshlanib, unga boshqalar qo‘shiladi. Oqibatda avtomashina egasi pichoq bilan o‘zi singnal chalgan ayolning turmush o‘rtog‘i va qaynakasiga tashlanib, ularga turli darajada jarohat yetkazadi.
Yetkazilgan jarohatlar natijasida aka-ukalarning kichigi (33 yosh) voqea joyida vafot etdi, kattasi (39 yosh) kasalxona tushgan.
Holat yuzasidan o‘sha kuniyoq tuman prokuraturasi tomonidan qasddan odam o‘ldirish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, F. Q. (36 yosh) tegishli tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71809 | Инструменты