Huawei 1
Farg'onada 597,2 mln so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan AGTKSh aniqlandi

Uchko‘prik tumanida 597,2 mln so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irlagan AGTKSh aniqlandi, deya xabar qilmoqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchko‘prik tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda “Sh.o.” MCHJ mas’ul shaxslari avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasiga o‘rnatilgan gaz hisoblagichga tashqi ta’sir o‘tkazib, tijorat maqsadida 331,7 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 597,2 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50514 | Инструменты