Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda UzReport.news'ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, 21-dekabr kuni 08:30 larda tuman IIB navbatchilik qismiga holat bo'yicha xabar kelib tushgan. Unga ko'ra, "Chorbog‘" MFY Yuksalish ko‘chasida yashagan 1977-yilda tug‘ilgan E.Sh. va uning turmush o‘rtog‘i 1995-yilda tug‘ilgan E.K. yashash xonadonida is gazidan zaharlanib hodisa joyida vafot etgan.
Ko‘zdan kechirish davomida yashash xonadonining yonma-yon joylashgan yotoqxonasi va yuvinish xonasiga qo‘lbola usulda yasalgan, temirdan ishlangan pechka o‘rnatilgani aniqlandi. Mazkur pechka shlang orqali propan gaz baloniga ulanib, isitish uchun moslangani, voqea sodir bo‘lgan kuni esa xonadonda gaz to‘liq yonmasdan, is gazi ajralib chiqqani ma'lum bo'ldi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Mavzuga oid:
Qoraqalpog‘istonda 4 kishi is gazidan zaharlandi(mi)?
Alpha version: 0.9.1.19 build 21921 | Инструменты