Qoraqalpog‘istonda 4 kishi is gazidan zaharlandi(mi)?

Ijtimoiy tarmoqlarda Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l tumanida to‘rt nafar fuqaro is gazidan zaharlanib, shifoxonaga yotqizilgani xabar tarqaldi.

Uzreport.news muxbiri holatga aniqlik kiritish uchun Qoraqalpog'iston sog'liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Murod Qurbonov bilan bog‘landi.

Ma'lum qilinishicha, voqea kecha, 14-dekabr kuni soat 21:00 atrofida sodir bo‘lgan.

“To‘rtko‘l tumanining “Ullubog‘” OFY Nurli yo‘l posyolkasida chindan ham to‘rt nafar shaxsning is gazidan zaharlanish holati qayd etilgan. Ular tuman shifoxonasiga joylashtirilib, kerakli muolajalarni olgach uyiga qaytgan. Hozirda ahvoli yaxshi”, — deydi Murod Qurbonov.

Shuningdek, To‘rtko‘l tumani hokimligi holat to‘liq o‘rganilgach, ma’lumot berilishini ma’lum qildi.

Mavzuga oid:

Qashqadaryoda bir oilaning 3 a’zosi is gazidan vafot etdi. Ularning ichida 8 yoshli bolakay ham bor.

Xorazmda bir oilaning 9 nafar a’zosi is gazidan zaharlandi. Ularning ikki nafari vafot etgan.

Buxoroda is gazi sabab bir oilaning 5 nafar a’zosi vafot etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты