Huawei 1
Qarshida voyaga yetmagan bola is gazidan vafot etdi

Qashqadaryoning Qarshi shahri, Paxtazor mahallasida yashovchi 2009-yilda tug'ilgan I.I yashash xonadonida gaz plitasidan chiqqan is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda UzReport.news'ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, holat joriy yilning 11-dekabr kuni soat 10:20 da yuz bergan.

Aniqlanishicha, ushbu xonadonda bo‘lgan yana ikki nafar voyaga yetmagan, 2013-yilda tug‘ilgan O.I. va 2011-yilda tug‘ilgan B.I. zaharlanish alomatlari bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid:

Qashqadaryoda bir oilaning 3 a’zosi is gazidan vafot etdi. Ularning ichida 8 yoshli bolakay ham bor.

Xorazmda bir oilaning 9 nafar a’zosi is gazidan zaharlandi. Ularning ikki nafari vafot etgan.

Buxoroda is gazi sabab bir oilaning 5 nafar a’zosi vafot etdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72715 | Инструменты