Huawei 1
Farg'onada fuqaro xonadonida 79,2 ming dona pirotexnika vosilari saqlab kelayotganligi aniqlandi

Farg‘ona tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida, Vodil MFYda yashovchi, Sh.I.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, yashash xonadoni hovlisida, chegaraning zaif hududlari orqali Qirg‘izistondan o‘tkazilgan, taxminiy narxi 14 mln 400 ming so‘m bo‘lgan 79 ming 200 dona “Treniya” nomli pirotexnika vositalarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan Sh.I.ga nisbatan O‘zR.MJtKning 185-moddasi prim 1-moddasi bilan maʼmuriy javobgarlikka tortish chorasi ko‘rilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72720 | Инструменты