Farg'ona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov “Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tasarrufida yangi zamonaviy polimer izolyatorlar ishlab chiqarish sexida bo’lib, korxona faoliyati bilan tanishdi.
Markaziy Osiyoda yagona bo’lgan ushbu ishlab chiqarish liniyasi, qariyb 5 milliard so’mlik loyiha doirasida amalga oshirildi. Yangi sexda yillik 140 ming dona 5 turdagi polimer izolyatorlar ishlab chiqariladi.
Hozirgacha to’la import qilib kelingan ushbu mahsulotning mahalliylashtirilishi natijasida Farg’ona viloyatida yillik 3,5 milliard so’m mablag’ni tejab qolishga erishiladi. Bugungi kunda “Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJning polimer izolyatorlariga bo’lgan yillik talabi hisobga olinsa, ushbu loyiha 1,5 yilda to’liq o’zini qoplaydi. Yangi tsexda 20 dan ortiq doimiy ish o’rinlari yaratildi.
“Farg’ona HETK” rahbari Azizbek Saydaliyev bilan istiqboldagi moyli o’chirgichlarni modernizatsiya qilish hamda 35–110 kV podstantsiyalardagi kuch transformatorlarini korxonaning o’zida ta'mirlash loyihalarini muhokama qilgan viloyat hokimi, iste'molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadigan ushbu loyihalarni amalga oshirish bo’yicha o’z tavsiyalarini berdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 52801 | Инструменты