Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Fag'ona viloyati Dang‘ara tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi buyurtmasi asosida “B” sinfiga oid bo‘lgan 10 tonna asfalt va beton aralashmasi xarid qilish bo‘yicha o‘tkazilgan 6 milliard so‘mlik davlat xaridida qator qonun talablari buzilgani aniqlandi.
Xususan, ushbu xaridda ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan talabgorning hujjatlari xarid komissiyasi raisi va a’zolari foydalangan qurilma (IP-manzillari bir xil) orqali elektron platformaga yuklangan.
Oqibatda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi qonunning 10-moddasi (raqobat va xolislik prinsipi), 14-moddasi (manfaatlar to‘qnashuvi), 20-moddasi (xarid komissiyasining huquq va majburiyatlari), 46-moddasi (davlat xaridlari jarayonidagi cheklovlar) hamda Vazirlar Mahkamasining “Davlat xaridlarini amalga oshirish bilan bog‘liq tartib-taomillarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan nizomning bir qator talablari buzilgan.
Mazkur holatlar bo‘yicha 2023-yil 1-avgust kuni (bayonnoma tasdiqlangan kunning o‘zida) xarid komissiyasining bayonnomasini bekor qilish to‘g‘risida buyurtmachiga taqdimnoma kiritildi va to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga yuborildi.
Agentlikning taqdimnomasiga binoan Dang‘ara tumani yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan xarid komissiyasining bayonnomasi bekor qilindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50607 | Инструменты