2023-yilning fevral oyida respublika boʻyicha jami 1640 nafar egizak chaqaloq tugʻilganligi qayd etilgan. Bu haqda Statistika agentligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha ushbu oyda eng ko'p chaqaloq Farg'ona viloyatida tug'ilgan — 210 nafar.
Hududlar kesimida tugʻilgan egizak chaqaloqlar soni quyida keltirilgan:
Qoraqalpogʻiston R. – 75 nafar
Andijon – 138 nafar
Buxoro – 78 nafar
Jizzax – 77 nafar
Qashqadaryo – 149 nafar
Navoiy – 58 nafar
Namangan – 110 nafar
Samarqand – 205 nafar
Surxondaryo – 127 nafar
Sirdaryo – 55 nafar
Toshkent – 125 nafar
Fargʻona – 210 nafar
Xorazm – 86 nafar
Toshkent sh. – 147 nafar
Eslatib o'tamiz, yanvar oyida O‘zbekistonda 1816 ta egizak chaqaloqtug‘ilgandi. Bunda eng ko'p chaqaloq Qashqadaryo viloyatida dunyoga kelgan — 201 nafar.
Shuningdek, 9-mart sanasida Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida 35 yoshli ayol 3 egizak qizaloqni dunyoga keltirgani xabar qilingandi. 2022-yilda esa Boyovut tumanining Anorzor mahallasida yashovchi 27 yoshli Maftuna Toshpo'latova ham 3 nafar egizakning onasiga aylangandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 73019 | Инструменты