Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilning yanvar oyida O‘zbekistonda 1816 ta egizak chaqaloq tug‘ilgan.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 275 taga oshgan.
Quyida hududlar kesimida tug‘ilgan egizak chaqaloqlar soni keltirilgan:
— Qashqadaryo viloyati – 201 ta
— Samarqand viloyati – 196 ta
— Farg‘ona viloyati – 185 ta
— Andijon viloyati – 178 ta
— Surxondaryo viloyati – 159 ta
— Toshkent shahri – 148 ta
— Toshkent viloyati – 140 ta
— Namangan viloyati – 125 ta
— Buxoro viloyati – 101 ta
— Qoraqalpog‘iston R. – 93 ta
— Jizzax viloyati – 87 ta
— Xorazm viloyati – 84 ta
— Navoiy viloyati – 79 ta
— Sirdaryo viloyati – 40 ta
Avvalroq, yanvar oyida respublika boʻyicha 76199 nafar chaqaloq tug'ilgani haqida xabar qilgan edik. Bu koʻrsatkich hududlar kesimida tahlil etilganda har 1000 nafar aholiga nisbatan tugʻilish koeffitsiyenti Surxondaryo viloyatida 29,8 promillini tashkil etib eng ko'p tug'ilish qayd etilgan hududga kirdi. Qoraqalpogʻiston Respublikasida 21,0 promilleni tashkil etib eng past ekanligi kuzatildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51419 | Инструменты