Foton elektronika zavodini xususiylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi

“Foton” elektronika ishlab chiqaruvchi zavodini xususiylashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar bermoqda.

Kompaniya ustav kapitalidagi 85,58% davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha 151 mlrd so‘m sotib olish to‘lovi bilan “Havvo Group” savdo g‘olibi deb topildi.

G‘olib tomonidan kelajakda korxonaning ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, mahsulotlar turini va realizatsiyasi geografiyasini kengaytirish, boshqaruv samaradorligini oshirish, korxona faoliyatiga zamonaviy korporativ boshqaruv tizimlarini joriy etish va barqaror rivojlantirishni ta’minlash rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, xaridor taklifi konsultant tomonidan hisoblangan korxonaning indikativ narxlar oralig‘ining yuqori qismida joylashgan hamda baholangan qiymatidan yuqori.

Korxonani xususiylashtirish natijalari Davlat aktivlarini xususiylashtirish va xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish davlat komissiyasining tegishli qarori bilan ma’qullangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70311 | Инструменты