Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi bor yoki yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish tartibi belgilandi
Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi bor yoki yo‘qligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish tartibi belgilandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining "Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko'rsatishning ma'muriy reglamentlarini tasdiqlash to'g'risida" gi qarorida so'z borgan.
Ma'lum qilinishicha, fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish xizmati yo'lga qo'yildi. Mazkur xizmat foydalanuvchilari jsmoniy shaxslardir.
Quyida xizmatni ko‘rsatish tartibi berilgan:
1. Ariza beruvchilar ma’lumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YAIDXPda davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
2. So‘rovnoma to‘ldirilib, vakolatli organ (Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi)ga elektron tarzda yuboriladi.
3. Markaz so‘rovnoma tushgan va to‘lov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab 3 ish kuni mobaynida QR-kod qo‘yilgan ma’lumotnomani rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga yoki davlat organlariga yoxud ariza beruvchiga YAIDXP orqali yuboradi.
Shuningdek, xizmat ko‘rsatish muddati 3 ish kuni etib, xizmat narxi BHMning 3 foizi miqdorida – 8 100 so‘m, Yagona portal orqali topshirilganda miqdori – 7 290 so‘m etib belgilangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82823 | Инструменты