Huawei 1
Green Card DV-2025 mavsumi uchun arizalar topshirish boshlandi

Bugun 4-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da Green Card DV-2025 mavsumi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Bu haqda AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Bu galgi mavsumda jami 55 mingta grin-karta o‘ynaladi. Arizalar dvlottery.state.gov portali orqali mutlaqo bepul topshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish 2023-yil 7-noyabrga qadar davom etadi.

Lotereya natijalarini 2024-yil may oyida bilib olish mumkin bo‘ladi. 

AQSH elchixonasi, shuningdek, Green Cardʻga ariza topshirmoqchi boʻlganlar uchun 10 ta maslahatni ham eʼlon qildi.

Unga koʻra:

  1. Dvprogram.state.gov sayti orqali, dastur talablariga javob berish shartlari bilan tanishib chiqish zarur. Dastur talablariga mos kelmagan holatda, dasturda ishtirok etilmaydi;
  2. Faqatgina AQSH hukumatining rasmiy veb-saytlarida keltirilgan maʼlumotlarga ishonish kerak. DV 2025 yilgi dastur boʻyicha maʼlumotni taqdim etuvchi yagona rasmiy manba – “.gov.” bilan yakunlangan veb-saytlar hisoblanadi;
  3. Dvprogram.state.gov sayti orqali ariza topshiriladi. Bu dasturda ishtirok etishning YAGONA yoʻlidir. Boshqa soxta saytlar orqali roʻyxatdan oʻtish aldanib qolishga sabab boʻlishi mumkin;
  4. Dasturda ishtirok etish uchun ariza topshirish BEPUL.  Arizani bepul toʻldirib berishni taklif etadigan yoki toʻlov orqali dasturda yutish imkoniyatni oshirib berishni vaʼda qiladigan shaxslardan ehtiyot boʻlish kerak;
  5. Soʻnggi olti oy ichida olingan fotosuratdan foydalangan maʼqul.  Ariza topshirish vaqtida eski fotosuratdan foydalanish, dasturdan chetlashtirilishga sabab boʻladi;
  6. Bir ishtirokchi faqatgina BIR marta ariza topshirishi mumkin. Bir dastur mavsumi davomida, bir martadan koʻp ariza topshirgan shaxslar dasturdan chetlashtiriladi;
  7. Arizani toʻldirishda barcha oila aʼzolari kiritilishi shart. Yaqin qarindoshlardan kimdir roʻyxatdan qolib ketgan taqdirda bu dasturdan chetlashtirilishga olib keladi;
  8. Shaxsiy maxsus tasdiqlov raqamini  (Confirmation number) saqlab qoʻyish zarur.  2024 yilning may oyida dastur boʻyicha tanlov natijalarini tekshirish uchun ushbu raqam kerak boʻladi;
  9. Dastur buyicha tanlov 2024 yilning may oyida boʻlib oʻtadi. Dasturda ishtirok etish uchun tanlab olinganlik toʻgʻrisida maʼlumotga ega boʻlishning YAGONA yoʻli dvprogram.state.gov/ESC sayti orqalidir. Biron-bir xat yoki E-mail orqali kelgan eʼlonlarga aldanib qolmaslik kerak, bu turdagi xatlar firibgarlikning bir usuli boʻlishi mumkin;
  10. Dasturda tanlab olinganlik viza uchun suhbatda ishtirok etish yoki viza olish kafolatini bermaydi.
Izohlar: 3
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51008 | Инструменты