Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “Green Hills Resort” dam olish maskanida O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov xotirasiga bag‘ishlangan “E voh” ijodiy festivali ikkinchi marta bo‘lib o‘tdi.
O‘tgan yili birinchi marta o‘tkazilgan festival ijodiy jamoatchilik, adabiyot va sheʼriyat ixlosmandlar, hamda maktab o‘quvchilari uchun yilning muhim ijodiy voqealardan biriga aylangandi.
Bu yilgi adabiyot va maʼnaviyat bayrami UZREPORT TV va FTV telekanallari tomonidan Toshkent viloyati hokimligi, Turonbank, "Green Hills Resort" dam olish maskani hamkorligida tashkil etildi.
Tadbirda adabiyot ixlosmandlari, yosh ijodkorlar, san’at vakillari, jamoat arboblari, yozuvchi va shoirlar hamda Erkin Vohidovning oila a’zolari ishtirok etib, shoir xotirasini yodga oldi.
Anʼanaga ko‘ra festival dasturidan bir qator tadbirlar o‘rin oldi: adibning sheʼrlari asosida bahru bayt, dostonlar, sheʼr va g‘azallar aytish, shaxmat turniri, ijodiy tanlovlar, suhbatlar, xotiralar. E.Vohidov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilar tomonidan teatrlashtirilgan maxsus dastur namoyish etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 72718 | Инструменты