Huawei 1
“Green Hills Resort” dam olish maskanida Erkin Vohidov bog‘i va haykali ochildi

Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanining  “Green Hills Resort” dam olish maskanida tarixiy voqea – Erkin Vohidov bog‘i hamda shoirning bronzadan yasalgan 2 metrlik haykali ochildi.

Haykal bog‘ning markazida joylashgan bo‘lib, unda shoir she’riyat dunyosiga sho‘ng‘ib, ijodiy hayolotga sho‘ng‘igan onlari tasvirlangan. 

Ikki gektar maydonda joylashgan ushbu bog‘da 150ta daraxt, manzarali gullar ekildi, tog‘ toshlari bilan bezatilgan. Ushbu bog‘da shoirning o‘zi o‘qigan “Inson qasidasi”, “O‘zbegim”, “Bir nihol”, “Shoiru she'ru shuur”, “Men jilg‘aman” she’rlari doimiy jaranglab turib, barcha insonlar uchun  chiroyli manzaralardan bahra olish va dam olishga mo‘ljalangan go‘zal maskanga aylangan.

Bu haykal – faqatgina shoirning emas, balki butun millatimizning g‘ururini, qalbini, erki va oromini o‘zida mujassam etgan timsoldir. Bu bog‘ – bu elning fikr maydoni, she’r va madaniyat maskani, ruh makonidir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72718 | Инструменты