Gulsevar Ganiyeva - boks bo‘yicha oltin medal sohibasi

Bugun, 5-sentabr kuni Qozon shahridagi boks markazida boks bo‘yicha I MDH O‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

Qizlar o‘rtasida o‘tgan boks bellashuvlarida birinchi bo‘lib ringga -44 kg vazn toifasida hamyurtimiz Gulsevar Ganiyeva ko‘tarildi va rossiyalik raqibi Liya Aplayanga qarshi jang olib bordi.

Yakunga ko‘ra, Gulsevar Ganiyeva yaqqol ustuvorlik bilan g‘alaba qozondi va oltin medal sohibiga aylandi.

Eslatib o'tamiz, kecha, 4 sentabr kuni bo'lib o'tgan bellashuvlarda terma jamoamiz yana 5 ta bronza medalini delegatsiyamiz hisobiga yozib qoʻygandi. Ulardan 4 tasi boks sportiga toʻgʻri kelsa, yana bir medal erkin kurashchimiz hisobiga yozildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121614 | Инструменты