Qoraqalpog‘istonda uch kishi is gazidan vafot etdi

2025 yil 13 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston respublikasi Xo‘jayli tumani Samanko‘l mahallasidagi Faxriylar ko‘chasida joylashgan uyda uch kishi is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi.

Tuman hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, fuqaro A.J Samanko‘l mahallasi Qamishqalʼa aholi punkti, Faxriylar ko‘chasidagi uyda ijaraga olib, ikki nafar nabirasi bilan yashab kelgan. U uyni isitish maqsadida qo‘lbola isitish pechini o‘rnatib, uning mo‘risini kesib tashlagan hamda pechni boshqa xonaga ko‘chirib, mo‘risiz holda gaz tarmog‘iga ulagan.

Natijada uy aʼzolari gaz yonishidan hosil bo‘lgan tutun, yaʼni is gazidan kuchli zaharlanib, fuqaro A.J. hamda uning nabiralari – 2011 yil tug‘ilgan A. S. (8 sinf o‘quvchisi) va 2015 yil tug‘ilgan A. Q. (4 sinf o‘quvchisi) hodisa joyida vafot etgan.

Ayni paytda mazkur hodisa yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 121517 | Инструменты