Hamyurtlarimizni charter reyslarida olib kelish davom etmoqda
Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan, 2020-yil 8-21-iyun kunlari Rossiya, Turkiya, Italiya, Janubiy Koreya, O‘mon, Qatar, BAA, Tailand, Hindiston, Misr va Ukrainadan 6 mingdan ortiq hamyurtlarimiz vatanga charter reyslari bilan qaytarildilar.
Respublika maxsus komissiyasi quyidagi yo‘nalishlarda navbatdagi charter reyslarining jadvalini tasdiqladi:
22-iyun. Sankt-Peterburg – Toshkent – Sankt-Peterburg
23-iyun. Toshkent – Moskva – Toshkent
24-iyun. Tel-Aviv – Toshkent – Tel-Aviv
24-iyun. Toshkent – Novosibirsk – Toshkent
25-iyun. Toshkent – Moskva – Toshkent
25-iyun. Toshkent – Nyu-York
26-iyun. Nyu-York – Toshkent
26-iyun. Toshkent – Istanbul – Toshkent
27-iyun. Toshkent – Sharja – Toshkent
28-iyun. Toshkent – Nyu-York
28-iyun. Nyu-York – Toshkent
28-iyun. Toshkent – Moskva – Toshkent
29-iyun. Seul – Toshkent – Seul
29-iyun. Toshkent – Istanbul – Toshkent
30-iyun. Toshkent – Moskva – Toshkent
1-iyul. Toshkent – Moskva – Toshkent
2-iyul. Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent
2-iyul. Toshkent – Riga – Toshkent
3-iyul. Toshkent – Novosibirsk – Toshkent
3-iyul. Toshkent – Qozon – Toshkent
4-iyul. Toshkent – Yekaterinburg – Toshkent
4-iyul. Toshkent – Moskva – Toshkent
5-iyul. Toshkent – Rostov-Don – Toshkent
Keksa, bemor, homilador fuqarolar va yosh bolali ayollar birinchi galda vatanga qaytarilishini eslatib o‘tamiz.
Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabiga ko‘ra, sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bo‘lgan hamda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaygan mamlakatlarga muntazam reyslarni qayta tiklash ustida ish olib borilmoqda (“yashil” va “sariq” reyslar).
Alpha version: 0.9.1.19 build 51102 | Инструменты
Reyslar narxlarini ham elon qilush kerak korrupdiya bolmasligi uchun