Unga ko'ra, 0,1 foiz holatlarda kasallik aniqlanmoqda
1-dekabr — Butun jahon OITSga qarshi kurashish kuni. Har yili O'zbekistonda 4,0-4,5 mln aholi OIV infeksiyasiga tekshiruvlar bilan qamrab olinmoqda. 0,1 foiz holatlarda kasallik aniqlanmoqda, bu esa aholi o‘rtasida kasallikning kamayib borayotganidan darak beradi.
Bundan 10 yillar avval respublikada 700 000 nafar aholi OIV infeksiyaga tekshirilgan va kasallik aniqlanish ko‘rsatkichi 0,42-0,45 foizni tashkil etgan. Kasallikning onadan bolaga yuqish ko‘rsatkichi esa 4,8 foizdan 0,6 foizgacha kamayishiga erishildi.
2009-yillarda respublikada OIV infeksiyasi 60,8 foiz holatlarda parenteral yo‘l bilan yuqqan bo‘lsa, so‘nggi yillarda butun dunyoda qayd etilayotgan holatga kabi yurtimizda ham yuqish yo‘llarida o‘zgarishlar kuzatildi. Kuzatishlarga ko‘ra, 74,0 foiz holatlarda kasallikni jinsiy yo‘l bilan yuqqanligini ko‘rish mumkin.
Bosqichma-bosqich davolashga barham berilib, bugungi kunda OIV aniqlangan shaxslarni tashxis qo‘yilishi bilan 100 foiz ARV terapiyaga olish imkoniyati yaratildi. Respublikada OIV infeksiyali shaxslarni retrovirusga qarshi maxsus terapiya bilan davolash qamrovi esa 79 foizni tashkil etmoqda.
So‘nggi yillarda aholining 12,0 foizdan ortig‘i har yili OIV infeksiyasiga tekshiruvlar bilan qamrab olishga erishilmoqda. Jumladan o‘tgan yili respublikaga qaytib kelgan mehnat migrantlarining OIVga tekshiruvlar salmog‘i 70 foizni tashkil etdi.
Nikohlanuvchilar va homiladorlarni OIV infeksiyasiga tekshiruvlar bilan qamrab olish amaldagi me’yoriy hujjatlarga asosan olib borilmoqda. 99,0 foiz holatlarda OIV infeksiyasini barvaqt aniqlash maqsadida OIVga tekshiruvlar o‘tkazilmoqda.
Inyeksiya orqali giyohvand moddalarni qabul qiluvchilar ichida OIVning tarqalishi 5,1 foizdan 2,9 foizgacha kasallikni kamayganligini ko‘rish mumkin.
Har yili OIV infeksiyali onalardan tug‘ilgan 6 oylikkacha bo‘lgan 600 nafar bolani sun’iy quruq sut aralashmalari bilan ta’minlash mexanizmi yaratildi.
18 yoshgacha bo‘lgan OIV infeksiyali bolalar esa kasallik aniqlanishi bilan ijtimoiy nafaqa bilan ta’minlanmoqda.
Respublikada OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslarning kamida 95 foizi o‘zining infeksiya bilan kasallanganligini bilishi, OIV infeksiyasi yuqtirib olgan shaxslarning kamida 95 foizi maxsus retrovirusga qarshi davolash bilan qamrab olinishi, maxsus retrovirusga qarshi terapiya olayotgan shaxslarning kamida 95 foizida virus yuklamasi aniqlanmaydigan darajaga kamaygan bo‘lishi kerak degan tamoyil asosida ishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2030 yilga borib, OITS tarqalishiga barham berish maqsadida ishlar amalga oshirilmoqda.
"Hurmatli fuqarolar, bugun 1 dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan soat 16.00dan 19.00gacha Yashnobod tumani Sultonali Mashxadi ko‘chasida joylashgan Documentary Center galeriyasi binosida Mobil laboratoriya Gepatit S va OIV infeksilariga anonim tarzda bepul test tekshiruvlarini amalga oshirilmoqda. Siz topshirgan test natijalari natijasi qanday chiqishidan qat’iy nazar barchasi sir saqlanishi ta’minlanadi. O‘z salomatligingizga e’tiborsiz bo‘lmang!", - deyiladi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xabarida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 61215 | Инструменты