Tadbir Bojxona qo'mitasi Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tomonidan o'tkazildi.
Davlat bojxona qo'mitasi tomonidan Toshkent viloyatida joylashgan “Highway Logistics Center” transport logistika markazining bojxona terminalida tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari uchun seminar-trening tashkil etildi. Unda tadbirkorlar mazkur kompleksda yaratilgan shart sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Tadbir Bojxona qo'mitasi Toshkent shahar bojxona boshqarmasi tomonidan o'tkazildi. Unda etirof etilganidek, transport logistika markazi hamkorligida keng qamrovli chora tadbirlar ishlab chiqilgan. Buning asosida bojxona rasmiylashtiruvi vaqtini keskin kamaytirishga qaratilgan tartib taomillar rejali va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Bojxona terminalida O'zstandart agentligi, Davlat veterinariya, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo'mitalari va boshqa bir qator tashkilotlarning punktlari ochildi. Bojxona xodimlari tadbirkorlarni ana shu obyektlar bilan yaqindan tanishtirishdi.
Shu bilan birga, mazkur terminalda bojxona rasmiylashtiruvi va ruxsatnoma hujjatlarini olish bilan bog'liq tartibotlar “Yagona darcha” orqali amalga oshirish uchun yaratilgan shart-sharoitlarga alohida to'xtalib o'tildi.
Tadbirkorlarga, shuningdek, katta hajmdagi yuk tashuvchi mahalliy va xorijiy avtotransport vositalarida yuklarning mamlakatimiz hududida harakatlanishi va tashuvchilarga ruxsatnoma berishga bo'yicha jarayonlar soddalashtirilgan tartibda amalga oshirilishi haqida ham ma'lumot berib o'tildi. Shu bilan birga, bojxona terminalida “Xafni boshqarish” tizimini qo'llash asosida tanlab tekshirish prinsipi bo'yicha bojxona ko'rigini o'tkazish loyihalari tanishtirib o'tildi.
Ochiq muloqot tarzida bo'lib o'tgan tadbirda yangi loyihalar va yaratilayotgan qulayliklar ishtrokchilarda katta qiziqish uyg'otdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 42709 | Инструменты